Jurnal haqida
"Ilmiy habarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari – Scientific Bulletin Physical and Mathematical Research" jurnali Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti muassisligida chop etiladi.
2009–2019-yillarda Andijon davlat universiteti muassisligida "Ilmiy xabarnoma – Научный вестник" (ISSN 2091-5780) nomi bilan ilmiy jurnal chop etilgan. Ushbu jurnal Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 04-039 raqami bilan ro'yxatga olingan hamda 2020-yilga qadar bir yilda 4 martadan muntazam chop etilgan.
2019-yilda "Ilmiy xabarnoma – Научный вестник" jurnalidan "Ilmiy habarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari" (ISSN: 2181-0702) jurnali ajralib chiqdi va mustaqil jurnal sifatida chop qilina boshladi. "Andijon viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan 2019-yil 26 dekabrda 0452 raqam bilan ro'yxatga olingan."
Jurnalning maqsad va vazifalari
"Ilmiy habarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari" jurnalining maqsadi mutaxassis va olimlarning ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi ilmiy izlanishlar natijalarini, ishlab chiqarishga qo'llashga doir ilmiy tavsiyalarini chop etish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo'shishdan iborat. Jurnalning vazifalari:
- universitetda va boshqa oliy o'quv yurtlarida fizika, matematika, texnika va informatika fanlari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish;
- ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko'maklashish;
- turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlarning o'zaro muvofiqlashtirilishiga qo'shimcha imkon yaratish;
- yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko'maklashish.
"Ilmiy habarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari" jurnali fizika, matematika, texnika va informatika sohalariga ixtisoslashgan. Jurnal bir yilda 4 marta chop etiladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Chop etilgan sonlarning to'liq matni bilan "Arxiv" bo'limida tanishish mumkin. "Ilmiy habarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari" jurnaliga kelgan barcha maqolalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o'tkazilishi qat'iy belgilangan. Maqolalarning chop etilish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha vaqtni olishi mumkin. Jurnal nusxalarining tarqatilishi tahririyat tomonidan faqat obuna bo'yicha amalga oshiriladi.
Tahririyat manzili: O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti binosi. E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru